O‘zbekiston | 17:00 / 28.02.2022
8865
5 daqiqa o‘qiladi

UzAuto ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarafdori: tarmoqning 2021 yildagi eng muvaffaqiyatli ijtimoiy kampaniyalari

Foto: UzAuto

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish  – UzAuto faoliyatining muhim yo‘nalishi va ajralmas qismidir. 2021 yilda kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan homiylik ko‘magi miqdori 297 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda bu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash uchun Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida UzAuto tomonidan akademiya qurilish loyihasi amalga oshirildi. Zamonaviy majmua «O‘zavtosanoat» tashabbusi bilan O‘zbekistonda yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda AKTni rivojlantirish loyihalari doirasida hayotga tatbiq etildi. Loyiha 3,5 gektar hududda 8 500 kv.m. maydondan iborat bino ko‘rinishidagi majmua konsepsiyasini ishlab chiqish, loyihalashtirish va qurishni o‘z ichiga olgan.

So‘nggi texnik talablarga muvofiq jihozlangan yoshlar markazidan unumli foydalanish maqsadida «O‘zavtosanoat» kompaniyasi tomonidan Botir Orifjonov (LeBazar, Paynet, asoschisi, Khan Academy Uzbek rahbari) jalb etilgan bo‘lib, uning rahbarligi ostida  «Astrum»  IT-akademiyasi tashkil etildi.  IT-akademiyaning tashkil etilishi yoshlarni o‘qitish uchun maydoncha yaratish imkonini berdi. Xabar qilinishicha, AKT yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar jarayoni Kremniy vodiysi mutaxassislari tomonidan ishlib chiqilgan.  

Bundan tashqari, 2021 yilda yozuvchilarning dam olishi va ijod qilishi uchun “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan Parkent tumanida qurilgan Parkent ijod uyi loyihasi amalga oshirildi. Madaniy-ijodiy maydon 2 gektar hududda Parkent tumanidagi «Zarkent» mahallasini obodonlashtirish doirasida bunyod etilgan.

52 o‘ringa mo‘ljallangan ko‘rkam 3 qavatli majmua madaniy va ko‘ngilochar tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazish uchun maxsus amfiteatrni o‘z ichiga olgan, kunu- tun ishlash uchun zarur bo‘lgan tungi chiroq yoritgichlari bilan jihozlangan. Hudud ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lib, umumiy maydoni – 7,1 metrni tashkil qilgan suv minorasi, uzunligi 800 metrgacha bo‘lgan bolalar va kattalar basseyni barpo etilgan, tabiat bag‘rida do‘stlar va yaqinlar bilan suhbatlashib, hordiqdan ijobiy taassurotlar olish uchun 7ta skameyka o‘rnatilgan.

Zamonaviy «Parkent ijod uyi» o‘ziga xos va betakror arxitektura dizayni bilan Zarkent mahallasi ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, tuman aholisi uchun chinakam diqqatga sazovor joyga aylandi.

Shu bilan birga eslatib o‘tish o‘rinliki, «O‘zavtosanoat» AJ O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosini asrash tarafdori va “Maqom maktabi” NNT hamda O‘zbek milliy maqom musiqa san’ati markazi bosh homiysi hisoblanadi.

O‘tgan yili, shuningdek, 28 mlrd so‘m miqdoridagi moliya mablag‘lari madaniyat, fan va sport sohalari, shu jumladan, maqom, kinematografiya, «Ziyo» fondi, shuningdek, Andijon futbol klubini rivojlantirishga  yo‘naltirilgan.

UzAuto tomonidan Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi obodonlashtirish ishlariga 5 mlrd so‘m ajratilgan. «Yashil makon» dasturi doirasida 30 ming ko‘chat ekilgan. Bundan tashqari, mahallalarni obodonlashtirishga 10 mlrd so‘m miqdorida homiylik ko‘magi yo‘naltirilgan. Xususan, Bektemir tumani aholisi uchun 70ta ikki qavatli va 50ta xususiy uyning fasad va tom qismi ta’mirlab berilgan. Bajarilgan ish summasi 14 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bektemir tumanida bandlikni ta’minlash uchun maishiy xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi va shuning hisobidan 170dan oshiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishildi.

UzAuto tizimida, shuningdek, aholini, xususan, kollej va OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga e’tibor qaratiladi. Avtosanoat sohasida tarmoqning o‘zida 28 mingga yaqin odam va turdosh sohalarda 200 000dan ortiq odam band qilingan, 2022 yilda bu sohada yana 1200ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid