Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz narxi 36 foizga qimmatladi
Gaz narxi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi fonida oshmoqda.
Yevropada gaz narxi keskin ko‘tarildi. Niderlandiyadagi TTF habida aprel fyuchersi uchun 1 ming kub metr gaz narxi 1506 dollardan oshdi.
Keyinroq narx pasayib, 1 ming kub metr gaz bahosi 1100 dollarga tushdi.
Gaz narxi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi fonida oshmoqda: yakshanba kuni AQSh va YeI Rossiyadagi ayrim banklarni SWIFT xalqaro banklararo to‘lovlar tizimidan uzishini e’lon qildi.
Yevropada gaz narxi o‘tgan yilning yozidan buyon rekordlarni yangilamoqda. Rekord narx 2021 yil 21 dekabrda qayd etilgan, o‘shanda ming kub metr gaz bahosi 2190 dollargacha ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026