O‘zbek paxtasi tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatdan xoli bo‘ldi – Xalqaro mehnat tashkiloti
O‘zbekiston dunyodagi oltinchi eng yirik paxta yetishtiruvchi davlat hisoblanadi. XMT mamlakat paxta sektori 2021 yilda majburiy va bolalar mehnatidan xoli bo‘ldi, degan xulosaga keldi.
O‘zbekistonda har yili 2 mln nafar kishi paxta terimiga jalb qilinadi. Xalqaro mehnat tashkiloti xulosalariga ko‘ra, mamlakat 2021 yilda paxta yetishtirish siklida bolalar mehnati va majburiy mehnatni muvaffaqiyatli tarzda cheklay oldi.
“O‘zbekiston paxta sektorida islohotlar boshlangan 7 yildan buyon 2 mln nafar bola bolalar mehnatidan, yarim mln nafar katta yoshlilar esa majburiy mehnatdan xalos bo‘ldi”, deyiladi Xalqaro mehnat tashkilotining paxta yig‘im-terimi bo‘yicha 2021 yilgi hisobotida.
Hisobot 11 ming terimchi bilan suhbatni o‘z ichiga olgan, ularning 99 foizi o‘zlari ko‘ngilli tarzda terimga chiqqanini bildirgan. Barcha viloyat va tumanlarda majburiy mehnat elementlari juda kam yoki umuman kuzatilmagan.
Faqat 1 foiz terimchi bevosita majburlovga guvoh bo‘lgan yoki majburlashlar mavjudligiga ishongan. Xususan, 0,49 foiz respondent-terimchi mahalla xodimlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar bilan bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita tahdidlar haqida xabar bergan, 0,12 foiz respondent esa ishi yoki ish haqini yo‘qotishi bilan bog‘liq bevosita, bilvosita tahdidlar haqida aytgan.
XMT suhbatlashgan terimchilarning aksari 2020 yildan beri paxta terimida mehnat sharoitlari yaxshilangani haqida bildirgan. Faqat 5 foiz respondent sharoitlar oldingi yilgidan yomonroq ekanini aytgan. Bu transport, oziq-ovqat, suv va gigiyena kabilar bilan bog‘liq.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat yoshida bo‘lgan har 8 kishidan biri paxta terimida ishtirok etgan. Terimchilarning 62 foizi – ayollar, asosiy qismi qishloq aholisidan iborat.
Mavzuga oid
19:00 / 24.10.2024
Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnatga oid 283 ta murojaat kelib tushdi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
10:15 / 10.10.2024
“Mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi” – Senat paxta terimiga majburlash holatlariga munosabat bildirdi
19:45 / 09.10.2024