Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahar hokimining birinçi örinbosari Nurbek Turdiyev xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uçun jarimaga tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, uning majburiy mehnatga yöl qöygani tasdiqlangan va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlaş) asosan ma’muriy jarima qöllangan. Xabarda jarima miqdori haqida ma’lumot berilmadi.

Şuningdek, Turdiyevning xodimlarga nisbatan haqoratli munosabatda bölgani yuzasidan xatti-harakatlarini Odob-axloq komissiyasida körib çiqiş uçun Qaşqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritilgan.