Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Biznes ayollar» dasturi qabul qilinadi
Tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga yetkazish bo‘yicha 2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti ayollarni kasbga o‘qitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yaxshi tajriba yaratgan.
Shu bois, qishloq joylarida bunday loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat tashkilotlarga 2 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi.
O‘zi yoki qaramog‘ida nogironligi bor yaqini bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish borasida, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilayotgan grantlar miqdori 5 baravarga oshirilib, 200 million so‘mgacha yetkaziladi (amalda 40 million so‘m).
"Ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish uchun, qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratamiz", dedi prezident.
Buning uchun tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga yetkazish bo‘yicha 2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi.
Ushbu dastur ijrosiga jami 8 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
09:58 / 08.04.2026
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
12:01 / 06.03.2026