O‘zbekiston | 10:34 / 04.03.2022
7733
3 daqiqa o‘qiladi

5 mart kuni O‘zbekistonda chang to‘zoni kuzatilishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 5 mart kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang ko‘tarilishi mumkin, Qashqadaryo viloyatida shamol kuchayishi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid