Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin
Ukrainadan qaytgan talabalar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbari yana bir dolzarb masalaga to‘xtaldi.
«Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz», dedi prezident.
Ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yo‘nalishlarida o‘qishmoqda.
Oliy ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilandi.
Komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni o‘zimizdagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.
Bunda, Komissiya o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarni soddalashgan tartibda ko‘chirishni hal etadi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026