O‘zbekiston | 15:20 / 05.03.2022
6069
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Nexia haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida vafot etdi.

Foto: IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 4 mart kuni Dang‘ara tumanida haydovchi K.I. Nexia 3 avtomashinasini “Teleming” MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi V.A. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketadi. Buning oqibatida Nexia haydovchisi K.I. hodisa joyida joyida vafot etgan, yo‘lovchisi P.J. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryoda Lacetti bilan Damas o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Сарвар Зияев
Tayyorlagan Сарвар Зияев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid