Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022/2023 o‘quv yilidan magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2022 yil 1 sentyabrdan budjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib budjet hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.
2022/2023 o‘quv yilidan:
OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga budjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;
davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;
xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;
har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;
mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
09:22 / 15.05.2026
Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foizlik chegirma berilishi mumkin
08:51 / 07.03.2026
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
08:45 / 27.01.2026