Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda jazoni ijro etish koloniyasi xodimi mahkumdan pora olayotganda ushlandi
U mahkumga sharoit yaratish va uyali telefon olib kirib berish evaziga 1 600 dollar olgan.
Viloyat prokuraturasining xabar berishicha, 2022 yil 8 mart kuni fuqaro A.R.ning ariza yuzasidan viloyat prokuraturasi, IIB va departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasi tezkor xodimi B.H. koloniyada jazo o‘tayotgan mahkum M.Yu.ga yengil shart-sharoitlar yaratish, unga uyali telefon apparati olib kirib berish evaziga 1 600 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori va “O‘zagroinspeksiya” inspektori pora olayotganda ushlangandi.
Mavzuga oid
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026
Guliston shahar hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
18:28 / 12.06.2026