Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga 283 turdagi import mahsulotini mahalliylashtirish topshirig‘ini berdi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulotbay kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yil uchun 4,4 trillion so‘mlik kooperatsiya shartnomalari tuzish rejalari mutlaqo qoniqarsiz ekani, buni 15 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan. Shuning uchun 1 iyulga qadar jami 283 turdagi import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha tayyor biznes-rejalarni tadbirkorlarga taklif etish vazifasi qo‘yilgan.
Bundan tashqari, sanoat yarmarkalari faoliyatini ham tubdan qayta ko‘rib chiqishga ko‘rsatma berilgan.
Tayyor mahsulotlarga xaridor topish bilan birga mahalliylashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar bo‘yicha biznes-rejalar ham qilinadi va loyihaga qiziqish bildirgan tadbirkorlar yarmarkaning o‘zida banklar bilan moliyalashtirish shartlarini kelishib oladi.
Buyurtmachilar loyiha tashabbuskorlari bilan 3 yil muddatgacha kafolatli xarid shartnomalarini tuzadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga «Ekspomarkaz»ning bitta pavilonida doimiy ishlaydigan sanoat yarmarkasini tashkil etish, viloyat markazlarida, shuningdek, sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning shou-rumlarini ishga tushirish topshirilgan.
Shuningdek, 1 apreldan:
- yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining yarmi, mahalliy korxonalarning mahsulotlarini xorijda sertifikatlash xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi;
- mahalliy korxonalarning mahsulotlarini xorijda sertifikatlash xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
14:00 / 15.11.2024
2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024