Özbekistonga mol göştining importi oxirgi oylarda qisqara boşladi. Kun.uz örgangan Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, aprel oyida qiymati 57 million dollarlik 11,2 ming tonna mol göşti import qilingan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç, mart oyida 12,7 ming tonnani, fevral oyida esa 14,4 ming tonnani taşkil etgandi.

Öz navbatida narxlar ham qimmatlaşa boşlagan. Xususan, ötgan oyda 1 kg import mol göştining örtaça bahosi 5,06 dollarni taşkil etgan. Bu körsatkiç martda 4,81 dollar, fevralda 4,71 dollar bölgandi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda göşt importi uçun bojxona bojining nol stavkasi qöllanadi.
Oxirgi oylarda göşt importining ösişi sekinlaşib, narxlar oşganiga bir qança omillar ta’sir qilayotgan bölişi mumkin. Xususan, Rossiyaning bir qator hududlarda qoramollar orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Natijada Qozoğiston hukumati uşbu mamlakatdan tirik çorva, göşt mahsulotlari, şuningdek, issiqlik işlovi berilmagan ozuqa va yem qöşimçalarini olib kiriş hamda tranzit qilişni töxtatdi. Bundan taşqari, Kobul va rasmiy Islomobod örtasida yuzaga kelgan ziddiyat fonida Pokistondan Afğoniston orqali göşt kirib kelişida ham muammolar kuzatilayotgan bölişi mumkin.
Statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, aprel oyida suyakli mol göşti 3,2 foizga (yillik nisbatda +16,6 foiz), suyaksiz mol göşti 3,2 foizga (+17,3 foiz), qöy göşti 3,7 foizga (+20,3 foiz) qimmatlaşgan.
Rasmiy raqamlarga qaraydigan bölsak, suyakli mol göşti narxining oşişi oxirgi yillarda quyidagiça bölgan:
- 2017 yil – 35,9 foiz (umumiy inflatsiya – 14,4 foiz);
- 2018 yil – 26,9 foiz (umumiy inflatsiya – 14,3 foiz);
- 2019 yil – 26,6 foiz (umumiy inflatsiya – 15,2 foiz);
- 2020 yil – 21,1 foiz (umumiy inflatsiya – 11,1 foiz);
- 2021 yil – 10,4 foiz (umumiy inflatsiya – 9,98 foiz);
- 2022 yil – 9,8 foiz (umumiy inflatsiya – 12,3 foiz);
- 2023 yil – 9,3 foiz (umumiy inflatsiya – 8,8 foiz);
- 2024 yil – 13,3 foiz (umumiy inflatsiya – 9,8 foiz).

















