Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mariupolda tinch aholi orasida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilingan Mariupol shahri kengashi urush boshlanganidan buyon shahar aholisi orasida 2187 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Kengash ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Mariupolga kamida 22 marta havo zarbalari berilib, shaharga 100ta bomba tashlangan.
Kengashdagilar tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar «aholi uylari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni nishonga olmoqda, bolalar shifoxonalarini vayron qilib, shahar infratuzilmasini butkul yakson etmoqda».
Mahalliy rasmiylar NATOni Ukraina armiyasiga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berish hamda Ukraina osmonini parvozlardan xoli hudud deb e’lon qilishni so‘ragan.
Mamlakat havo hududini yopishni so‘rab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bir necha bor murojaat qilgandi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmayapti - bunday qaror Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi
20:42 / 25.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
14:30 / 22.10.2024
WSJ: Qodirovning tarafdorlari Mariupoldagi zavoddan texnikani olib chiqyapti
08:40 / 08.10.2024