Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Ukrainaga keng kölamli bostirib kiriş çoğida rus qöşinlari tomonidan vayron qilingan Ukrainaning Mariupol şahrini Ikkinçi jahon uruşi davrida faşistlar qöşinlari harakatlaridan jabr körgan Leningrad bilan soliştirdi. «Meni şahar qançalik yomon vayron qilingani hayratda qoldirdi. Bu şunçaki hayratlanarli edi. Men qurşovdagi Leningradni Mariupol bilan soliştirgan bölardim — nemislar qamalda bölgan Leningradni reja böyiça bombardimon qilişgan. Ertalab soat 7 da va 19 da. Köp sonli şikastlangan binolar, buni fotosuratlarda, blokadaga bağişlangan kitoblarda körişingiz mumkin», dedi Bastrikin Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida. Uning sözlariga köra, Mariupol «yer yuzidan deyarli yöq qilingan» va «u yerda heç qanday harbiy obektlar yöq edi».

Ukraina metallurgiyasining eng muhim markazlaridan biri va yirik dengiz porti bölgan Mariupol Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan keyin rus qöşinlari uçun ustuvor nişonga aylandi. 2022 yil 24 fevraldan boşlab Rossiya hududni artilleriya va havo zarbalariga duçor qildi. Natijada binolarning 90 foizi şikastlangan yoki vayron bölgan. Mart oyida qamaldagi şaharda dori-darmon, oziq-ovqat, elektr va suv taqçilligi tufayli gumanitar inqiroz yuzaga kelgan edi. Şaharning sönggi himoyaçilari 81 kunlik qamaldan söng 2022 yil 20 mayda taslim bölişdi.

Ukraina rasmiylariga köra, uruşdan oldin şaharda istiqomat qilgan 400 mingdan ortiq aholidan 22 mingga yaqini Mariupolga hujum paytida halok bölgan.