Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov va uning tarafdorlari Iliç nomidagi Mariupol temir-pölat zavodidan zamonaviy metallurgiya uskunalarini demontaj qiliş va sotiş, Ğarb sanksiyalariga duçor bölgan avtomobil işlab çiqaruvçilar foydalanişi uçun Rossiyaga metallolom jönatiş va inert gazlarni Rossiya kosmik dasturiga ötkaziş bilan şuğullanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) 21 oktyabr, duşanba kuni menejerlar va olingan hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Rossiya qöşinlari Mariupol ustidan nazoratni örnatganidan köp ötmay, tezda taşkil etilgan mahalliy «MMK imeni Iliça» kompaniyasi işlamay qolgan zavoddan pölat mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga eksport qila boşladi. Kompaniya 2022 yil avgust oyida ikki kişi nomidan röyxatdan ötgan.
WSJ ma’lumotlariga köra, uning egalaridan biri çeçen tadbirkori Valid Korçagin, ikkinçisi — harbiylar bilan aloqador rossiyalik tadbirkor Yuriy Muray. Naşrning yozişiça, u Rossiya Mudofaa vazirligi uçun Qrimga yuk taşiş bilan şuğullangan.
Qodirov, Korçagin, Muray va Kreml gazetaning izohiga javob bermadi.
General Kavoli: «RF Ukrainadagi uruşdan hozirgidan ham kuçliroq çiqadi»
Rossiya qurolli kuçlari Ukrainadagi uruşdan hozirgidan ham kuçliroq çiqadi. 20 oktyabr kuni çop etilgan Der Spiegel naşriga bergan intervyusida NATOning Yevropadagi ittifoqçi kuçlari boş qömondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli şunday baho berdi.
«Ammo Rossiya Ukrainada yöqotişlarga uçradi, ançagina oğir yöqotişlar böldi. Lekin Rossiya qurolli kuçlari bu uruşdan olingan saboqlarni örganmoqda, takomillaştirmoqda va amalda qöllamoqda. Ukraina uruşi oxirida, nima bölişidan qat’i nazar, Rossiya qurolli kuçlari bugungidan kuçliroq böladi, - dedi Kavoli. - Bu kuçlar bizning ittifoqimiz çegarasida joylaşgan böladi. Va ularga bizni duşman sifatida körayotgan öşa odamlar qömondonlik qiladi, keyin uruş rivoji tufayli juda ğazablanadilar».
«Şunday ekan, bizda haqiqiy imkoniyatlari, miqdori va niyatlari aniq bölgan duşman böladi, şuning uçun biz unga qarşi turişga qodir qurolli kuçlarga ega bölişimiz kerak», — deya ta’kidladi general.
Uning qöşimça qilişiça, bugungi kunda NATOga a’zo davlatlarning ön minglab harbiy xizmatçilari şay holatda va agar kerak bölsa, bir neça kun içida joylaştirilişi mumkin. «Bu juda katta özgariş, lekin biz hali köp iş qilişimiz kerak», dedi u keng kölamli özgarişlar va alyansning qurollanişi haqida ma’lum qilib.












