Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yog‘ingarchilik sabab Marg‘ilon shahridagi Safed to‘da masjidi devorining bir qismi qulab tushdi
Yog‘ingarchilik sabab madaniy meros obektiga kiruvchi Marg‘ilon shahar «Go‘riavval» MFY hududida joylashgan Safed to‘da masjidi devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasi mutaxassisi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 11 mart kuni Safed to‘da masjidi binosining orqa qismi devorlari yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan. Masjid devorlari tashqi ta’sirlar natijasida zaxlagan, yorilishlar hamda o‘pirilishlar paydo bo‘lgan.
Yuzaga kelgan holat yuzasidan Farg‘ona viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan ishchi guruh tuzilgan. Hozirda mutaxassislar tomonidan masjid binosining qolgan qismini saqlab qolish uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Marg‘ilon shahrida joylashgan Safed to‘da masjidi XIX asrda qurilgan. U Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Moddiy-madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxati»ga, 2022 yil madaniy meros obektlarini ta’mirlash uchun ajratiladigan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan restavratsiya qilinishi lozim bo‘lgan obektlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:53 / 25.05.2026
May oyida eng ko‘p yog‘ingarchilik qaysi hududlarda kuzatiladi?
22:04 / 10.05.2026