Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi
14-17 mart kunlari respublika bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Aksariyat viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14-16 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 14 martda va 16-17 mart kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), kamroq kuzatiladi.
Haftaning birinchi yarmida kunduz kungi harorat 8-11 daraja iliqdan 14-17 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, chorshanba kuni 16-21 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
18 mart juma kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduz kuni havo harorati 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘ladi, 14-16 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Mavzuga oid
11:18 / 12.06.2026
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:45 / 12.06.2026
O‘zgidromet aholini sel va suv toshqinlaridan ogohlantirdi
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
08:14 / 06.06.2026