Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida 15-18 mart kunlari shamol kuchayib, tuman tushishi mumkin
A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni hududida 15—18 mart kunlari kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlari hududda vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman tushishi kuzatiladi. Ko‘ruvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 20—23 metr/sekundgacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq «O‘zgidromet» hafta davomida (14—20 mart kunlari) kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, hafta oxirlariga borib yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
Respublika Gidrometeorologiya markazining 15 mart, seshanba kuni uchun ob-havo prognozida tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turishi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi, momaqaldiroq bo‘lishi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
20:16 / 16.03.2026
«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
13:42 / 10.03.2026
Hafta oxiriga borib havo isishi kutilmoqda
16:31 / 06.03.2026