Bu va boşqa qahramonlarni ekranda jonlantirgan aktyor Goyko Mitiç 1940 yilda Sobiq Yugoslaviyaning hozirda Serbiya hududi bölgan Leskovats qişloğida, fermerlar oilasiga dunyoga kelgan. Serb millatiga mansub bu oilaning boşliği ikkinçi jahon uruşi janglarida qatnaşayotgani bois bolakay Goykoning tarbiyasi bilan uning onasi, buvisi va buvasi şuğullanişadi. Yoşligidanoq sportga işqiboz bölgan Goyko gandbol, futbol va yengil atletikaga qiziqar, bu qiziqiş uni Belgrad jismoniy tarbiya akademiyasiga yetaklab borgandi. U hatto eşkak eşiş böyiça Yugoslaviya terma jamoasida ham iştirok etgan.

Kinoga bölgan muhabbat va körkam qiyofasi Goykoni suratga oliş maydoniga yetakladi va 1961 yilda inglizlarning “Lanselot va qiroliça” filmida boş qahramonning soyasida kaskadyorlik qildi. Har bir aktyor kabi Mitiç ham boş rollarni orzu qilardi. Lekin unga qadar Vinneta haqidagi seriyalarda ommaviy sahnalarda çiqişlar qildi, “Venetsiya katakombalari” filmida kiçik rol öynadi.

Asl boş qahramon va olamşumul şuhrat uni köp kuttirmadi. Goyko Mitiçning adl qaddu qomati, tomoşabinni rom etguvçi mardona körinişi, burgutdek nigohlari va eng muhimi rollarni qoyilmaqom ijro etişi rejissyorlarning nazaridan çetda qolmadi.

1963–1965 yillarda Karl May, Fenimor Kuper kabi mualliflarning qalamlariga mansub, vestern asarlar deya ataluvçi, hindular haqidagi “Apaçilar oltini”, “Vinnetu – Inçu-çun öğli” kabi filmlarda suratga tuşdi. 1965 yilda çex rejisseri Yojyefa Maxaning “Katta ayiq öğillari” filmida esa boş qahramonni ijro etdi.

1966 yilda Goyko Mitiç doimiy yaşaş uçun GDRga köçib ötdi va 1967 yilda hayotdagi özining boş qahramonini, kelgusida hatto aktyorning asl ism-şarifini unuttirib yuboruvçi kinodagi obrazi – Çingaçguk rolini talqin etdi.

Rejisser Konrad Pentsold tomonidan suratga olingan “Çingaçguk – Katta ilon” filmi şunçalar maşhur bölgandiki, endi köçadagi har bir qizaloq ham Çingalçuk (Çingaçguk) kimligini bilar, bolakaylarning öyinlarining asosida hindular va boşqa duşmanlar örtasidagi janglar yotar hamda bu janglarda albatta Çingalçuk ğolib çiqardi.

Katta muvaffaqiyat rejissyorlarni filmni davom ettirişga undadi va 1988 yilga qadar Goyko Mitiç özining asosiy qahramonini jonlantirgan jami 13 ta film suratga olindi. Bu kinoasarlarning köpçiligi dunyo böylab tarqaldi va kinoolamning markazi bölgan AQŞda ham munosib baholandi.

Ayni paytda Goyko Mitiç Berlinning Kyopenik tumanida istiqomat qiladi. 2000 yilda u Germaniya fuqaroligini olgan. Afsuslanarli jihati – hindu obrazi unga şu qadar yopişib qoladiki, boşqa yönalişlarni unga işonişmas, yoki u obrazlar şuhrat qozonmasdi. U 1975 yilda teatrga işga kirgan va uzoq yillar davomida kiçik rollar öynab yurgan. Şuningdek, Goyko Mitiç qator seriallarda ham suratga tuşgan.