Davlat soliq qo‘mitasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni so‘zsiz bajaradi - Qudbiyev
Bugun, 16 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev soliq tizimidagi islohotlar, yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Foto: Kun.uz
Tadbir oldidan DSQ raisi Sherzod Qudbiyev OAV vakillari bilan muloqot qildi. Kun.uz muxbirining “So‘nggi voqealar fonida soliq prognozlariga o‘zgarishlar kiritilyaptimi?” degan savoliga u shunday javob berdi:
“Soliq qo‘mitasiga yillik prognozlar tasdiqlab berilgan, barcha parametrlar belgilangan. Sohamiz o‘z oldiga qo‘yilgan vazifaning so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi.
Bugun keng e’tibor qilayotganimiz – raqamlashtirish ko‘plab sohalarda shaffoflikni ta’minlayapti. Jumladan soliqqa tortishni ham. Bu orqali inson omili minimal darajaga tushirilyapti. Ko‘pchilik tushunmay tanqid qiladi, lekin soliq sohasida biror ko‘rsatkich ortga ketgani yo‘q. Aksincha, tadbirkorlik sub’yektlari soni ham, soliq tushumlari ham muntazam ortib boryapti. Chunki biz teng raqobat muhitini yaratishga harakat qilyapmiz.
Raqamlashtirish orqali biz tadbirkorlik sub’yektlarining nafaqat soliq hisobotlarini, balki elektr energiyasi, gaz, ijaraga olgan maydoni xarajatlari kabi tomonlarini ham taqqoslash imkoniga ega bo‘lyapmiz.
Deylik, qaysidir sub’yekt 1 mlrd mablag‘ aylantirsa-yu, amalda biror ishchi ishlatmasa. Yoki katta miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilib, hisob raqamida mablag‘ aylanmasa, shubhali emasmi.
Yana bir jihat – tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘allana turib, aniq bir noturar binoda faoliyat yuritmaslik ko‘p uchraydi. Bu qonun bo‘yicha mumkin emas va bu qonunni biz joriy qilmaganmiz. Mana shu jihatlarni shaffoflashtirish orqali birgina ijara bo‘yicha soliq tushumlari 40 foizga ortgani kuzatildi. Bu nimani anglatadi – soyadagi iqtisod yuzaga chiqayotganini bildiradi”, – dedi qo‘mita raisi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
-
24 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:21 / 24.04.2025
-
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:08 / 24.04.2025
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024