Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita sport mahorati maktabi tashkil etiladi
Prezident tomonidan boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi va gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etilishini nazarda tutadigan ikkita qaror imzolandi.
Ikkala maktab Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida tashkil etiladi.
Quyidagilar maktablarning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish;
- turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda — Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash;
- yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
- bokschilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
- bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish.
Maktablar o‘z faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi. Boks maktabi o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 175 nafarni tashkil etib, ular 5-11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi, gimnastika maktabi o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 165 nafarni tashkil etib, ular 1-11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi.
Umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi.
Quyidagilar maktablarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
- davlat budjeti mablag‘lari;
- maktablarning faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
- bo‘sh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Boks va gimnastika maktablarini tashkil etish va jihozlash uchun davlat budjetidan 25 mlrd so‘mdan yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026