Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari Kiyevga bordi
Foto: AP
Polsha bosh vaziri Mateush Morevetskiy, Chexiya bosh vaziri Petr Fiala va Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Ukraina poytaxti Kiyevga bo‘lib, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlanganidan buyon ilk xorijiy tashrif bo‘ldi.
Uch davlat bosh vazirlari Kiyevga poyezdda borgan. Zelenskiy ularga mamlakatdagi holat haqida batafsil ma’lumot bergan. Shuningdek, Ukraina bosh vaziri Denis Shmigel bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
G‘arblik siyosatchilarning Kiyevga tashrifi Yevropa kengashi va Yevrokomissiya rahbariyati bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilgan. Rasmiy Varshavaning ma’lum qilishicha, Polsha mamlakat bosh vazirining tashrifi orqali Ukraina bilan birga ekanini ko‘rsatgan.
Kiyev deyarli o‘rab olingan. Shu sabab Polsha hukumati mamlakat bosh vaziri Varshavaga qaytgani haqida ham alohida xabar berdi. «Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari eson-omon Polshaga qaytishdi», deb xabar bergan Polsha hukumati.
Mavzuga oid
13:10 / 24.03.2026
Ukraina 15 000 ta tutib oluvchi dron buyurtma qildi
10:52 / 24.03.2026
Zelenskiy Rossiyani Eronga yordam berishda aybladi
15:45 / 23.03.2026
Ukraina haqidagi so‘zlaridan keyin Diter Bolen Litvada konsersiz qoldi
12:53 / 23.03.2026