Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yog‘ingarchilik Toshkent viloyatining Piskent va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ko‘priklarga katta zarar yetkazdi
Ohangaron daryosidagi suv odatdagidan ko‘proq hajmda oqayotganligi sababli, ko‘prikka o‘z ta’sirini ko‘rsatib, qirg‘oqning yuvilishiga olib kelgan.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimiyati axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Yuqori Chirchiq tumanidagi Qizilsoy mahalla fuqarolari yig‘ini hududi hamda Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 “O‘sh – Guliston” avtomobil yo‘lining 107-kilometridagi ko‘priklar o‘z mustahkamligini yo‘qotgan.
“Hozirda avtomobil harakatlari to‘xtatilib, xavfni bartaraf etish maqsadida FVB, YHXB, “Yo‘llardan foydalanish” UK, tuman hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.” - deyiladi xabarda.
Avvalroq, “Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘lda tuproq ko‘chganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
18:52 / 04.11.2025
Tashkent Medical Smart City tibbiyot shaharchasi quriladi
09:53 / 01.11.2025
Bekobodda Sirdaryoni bog‘laydigan yangi ko‘prik ishga tushdi
07:30 / 21.10.2025
Muhandislik san’atga aylantirilgan dunyodagi yettita ko‘prik
12:03 / 01.08.2025