Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida bir oilaning uç a’zosi uyida huşsiz holda topilgan. Ularning ikki nafari şifoxonada vafot etgan. Holatni Boş prokuror matbuot kotibi Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, 2025 yil 25 noyabr kuni Yuqori Çirçiq tumani Gulobod mahallasida yaşovçi 68 yoşli U.A., 2017 yilda tuğilgan D.U. va 2013 yilda tuğilgan N.A. (öğil bola) şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Ularga noma’lum etiologik moddadan zaharlaniş taşxisi qöyilgan.
Körsatilgan tibbiy yordamga qaramay ayol va uning 8 yoşli qiz nevarasi vafot etgan. N.A.ning hayoti esa saqlab qolingan. Hozirda uning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Yuqori Çirçiq tumani hokimi tomonidan uşbu baxtsiz hodisa sabablarini tekşiriş yuzasidan qaror qabul qilinib, komissiya tuzilgan.
Avvalroq Andijonda içki işlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi, Buxoroda esa bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etgandi.

















