Moliyaviy sanksiyalar tarzidagi huquqiy ta’sir çoralari quyidagilardan foydalaniş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun qöllaniladi:

• neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi;
• tabiiy gaz;
• elektr energiyasi;
• issiqlik energiyasi;
• sertifikatlanmagan energetika uskunalari, tarmoqlari va energiya ta’minoti tizimlari elementlari;
• şuningdek, yoqilği-energetika resurslari iste’molçilarini tekşiriş va ekspertizadan ötkazişda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda. 

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan huquqbuzarlik töğrisida dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma xöjalik yurituvçi sub’yekt rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomani imzolaş rad etilganda, u sub’yektga poçta orqali yuboriladi. 

Dalolatnoma asosida 5 kun içida sanksiya qöllaş töğrisida qaror qabul qilinadi. 

Xöjalik yurituvçi sub’yektlar moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravişda bir oy içida tölaşlari mumkin. Aks holda vakolatli organ majburiy undirişni sörab sudga murojaat qiladi.

Agar birinçi marta huquqbuzarlik sodir etgan xöjalik yurituvçi sub’yekt yöl qöyilgan huquqbuzarlikni ixtiyoriy ravişda bartaraf etgan va yetkazilgan zararni töliq qoplagan bölsa, moliyaviy sanksiya qöllanmaydi.