Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Hindistonga neft yetkazib berishni ko‘paytirdi
Rossiya mart oyida Hindistonga kuniga 360 ming barrel neft yetkazib bergan, bu 2021 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt baravarga ko‘p.
Foto: Valerii Kadniko /Alamy
Mart oyida Rossiyaning Hindistonga neft eksporti hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan to‘rt baravarga oshdi, deb yozadi Financial Times.
Energiya iste’moli bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi Hindiston bir necha partiya Rossiya neftini sotib olgan. Rossiya mart oyida bu mamlakatga kuniga 360 ming barrel neft yetkazib bergan, bu 2021 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt baravarga ko‘p.
«Hindiston kompaniyalari yetkazib berish narxi yuqoriligi sababli Rossiyadan ko‘p neft sotib olmasdi. Aftidan, endi hammasi o‘zgarmoqda», —dedi Ambit Capital tahlilchisi Vivekanand Subbaraman.
Frontline ijrochi direktori Lars Barstadning izohlashicha, Rossiyaning Urals neftiga chegirma bir barreli uchun 25-30 dollarni tashkil etadi, fraxt qiymatiga esa bir barrel uchun uch-to‘rt dollar qo‘shiladi, bu esa savdoni rentabellashtiradi.
Hindistonning Nindustan Petroleum Corporation, Indian Oil Corporation va Nayara Energy neftni qayta ishlash kompaniyalari ushbu haftada yetti million barrel Rossiya neftini sotib olgan. Savdoni osonlashtirish maqsadida esa Rossiya va Hindiston hisob-kitoblarni rubl va rupiyada oib borish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026
Ishinger: Epshteyn ishida Rossiya izi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman
14:58 / 10.02.2026