O‘zbekiston | 07:44 / 18.03.2022
6931
1 daqiqa o‘qiladi

Sovuq davrda fermerlarga yordam berish uchun tezkor guruhlar tashkil etildi

Mevali bog‘ va tokzorlar, ertagi kartoshka va sabzavot ekinlariga havo harorati salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida butun respublika miqyosida agrarchilarga yordam berish bo‘yicha tezkor guruhlar tashkil etildi.

Foto: Kun.uz

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, tezkor guruhlar soha olimlari bilan birgalikda respublika hududiga kirib kelgan sovuq ob-havo ta’siridan joylardagi mevali bog‘, uzumzorlar va “to‘qsonbosti” usulida hamda ertagi maydonlarga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini asrash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqib, ularni joriy etmoqda.

Respublika shtabiga qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xo‘jayev boshchilik qilmoqda, hududiy shtablarni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqarmoqda.

Respublika monitoring shtabi aloqa markazi telefon raqamlari: +998 71 2067169; +99871 2067170; +99871 2067172.

Hududiy shtablar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+998) 90-705-05-12;
  • Andijon viloyati (+998) 97-339-44-43;
  • Buxoro viloyati (+998) 91-443-07-31;
  • Jizzax viloyati (+998) 94-919-19-29;
  • Qashqadaryo viloyati (+998) 98-776-01-09;
  • Navoiy viloyati (+998) 91-333-74-76;
  • Namangan viloyati (+998) 99-971-02-09;
  • Samarqand viloyati (+998) 94-445-65-85;
  • Sirdaryo viloyati (+998) 97 777-31-11;
  • Surxondaryo viloyati (+998) 97-352-74-74;
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri (+998) 93-375-22-00;
  • Farg‘ona viloyati (+998) 91-112-71-00;
  • Xorazm viloyati (+998) 90-719-62-78.

Mavzuga oid