Ma’lum qilinişiça, 2021 yilda sodir etilgan jinoyatlar umumiy soni 84 100 tani taşkil etib, har 100 ming aholiga örtaça 321,4 tadan töğri kelmoqda.
«Oilalardagi notinçlik, nizolarning öz vaqtida hal etilmasligi, mahalla faollari va keng jamoatçilikning e’tiboridan çetda qolganligi oqibatida öta oğir jinoyatlar sodir etilmoqda», - deyiladi vazirning hisobotida.
Xususan, 2021 yilda qotillik jinoyatlarining har uçinçisi yoki 158 tasi (37,1 foizi), oğir tan jarohati yetkaziş jinoyatlarining 190 tasi (14,4 foizi) oilaviy muammolar tufayli sodir etilgan.
Şu bilan birga, oilaviy nizolarga öz vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 ming 935 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Ularning qariyb 60 foizi (8 589 tasi) Toşkent şahri, Toşkent, Buxoro, Samarqand va Farğona viloyatlariga töğri keladi.
Oğir turmuş şaroitida yaşayotgan ayollarning muammolari töliq hal etilmasdan kelinayotganligi tufayli 2021 yilda 9 759 nafar xotin-qiz tomonidan 9 053 ta jinoyat sodir etilgan.
Şuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 65,2 foizi Farğona, Toşkent, Namangan va Buxoro viloyatlariga töğri kelmoqda. Bundan taşqari, 14 mingdan ortiq jinoyat işsizlar tomonidan sodir etilgani ma’lum qilindi.
Oliy Majlis Senati bundan buyon sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning doimiy tahlilini yuritiş orqali bunday holatlarning kelib çiqiş sabab va omillarini aniqlaş hamda bartaraf etiş çoralariga doir qaror qabul qildi.
Şuningdek, Senat raisi Tanzila Norboyeva oila-turmuş munosabatlari doirasida tazyiqqa uçragan xotin-qizlarga beriladigan himoya orderi muddati 1 oydan 1 yilga çözilayotganini ma’lum qildi.
«Biroq qilinayotgan işlar yetarli emas, e’tibor asosan ayollar himoyasigagina qaratilgan. Ya’ni psixolog ham, mahalla-yu uning nozirlari ham faqat ayollar bilan işlamoqda. Uning turmuş örtoği-çi? U bilan kim işlaydi? U tarafdan keltiriladigan vaj va sabablarni kim eşitadi?» - dedi Senat raisi.

















