“Mirkamolim yolğiz qolgan, meni uning yoniga qöyinglar!” – Töti Yusupovaning sönggi vasiyati
|17:18 / 21.03.202298 58816 min
15 mart kuni xalqimizning suyukli farzandi, teatr va kino san’atining yirik namoyandasi, özbek onasining timsoli bölgan san’atkor Töti Yusupova 86 yoşida vafot etdi. Özbekiston xalq artisti, «Mehnat şuhrati» ordeni sohibi Töti Yusupova birgina “Kelinlar qözğoloni”dagi Sotti obrazi bilan özbek tomoşabinining könglidan joy olib bölgan. Rahmatli aktrisani hamkasblari, yaqinlari iliq xotiralar bilan eslaşadi.
Töti Yusupova.Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Erkin Komilov, Özbekiston xalq artisti:
– Keçagina teatrga kirib kelib, keçagina Töti opa bilan tanişgandaymiz. Yerga ursa osmonga sapçiydigan ayol edi. Alloh Yerda mening xalifalarim yaşaydi deb aytgan, bandalarini xalifalarim deb uluğlagan. Ta’bir joiz bölsa, Töti opam teatrimizning xalifasi edi. Onaxonimiz edi. Yaqindagina oq römollarda teatrga kirib kelganlari şundoqqina köz öngimda turibdi.
Töti opamni Alloh juda köp sinadi. Avval bir öğlidan judo qildi, keyin yana bir öğlidan ayirdi. Undan keyin Mirğiyos akam (aktrisaning turmuş örtoği, aktyor va dublyaj rejissyori Mirğiyos Soatov nazarda tutilmoqda – tahr.) olamdan ötdilar. 2019 yili turmuş örtoqlari ötganlaridan keyin özlarini ança oldirib qöydilar. Lekin şunday bölsa ham ölimidan bir hafta avval sahnaga çiqqandilar. Spektakl boşlanişidan avval parda oldiga çiqib, xalqqa murojaat qilgandilar. Umr şunaqa ekan...
Erkin Komilov. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Töti opam hayotda teatrda ovozlarini baland kötarib gapirmagan. Men esimni tanibmanki, u kişi birovning diliga ozor bermaydigan qilib gapirardi. Agar yoşlarning orasida biron narsa bölsa, yonlariga çaqirib, juda çiroyli tuşunça berib qöyardilarki, yoşlar ham ularning aytganlarini oğrinmay qabul qilişardi. Köpçilik Töti opamni özining onasiday ardoqlardi. Fazilati, karami keng, beğubor ayol edilar.
Töti opam bilan sahnada köp spektakllarni birga öynaganman. Ayniqsa, rejissyor Olimjon Salimov Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalaştirgan drama yodimda qolgan, uşbu asarda u kişi Jannatni öynardilar, men esa Ikromni öynardim. Jannat va Ikrom er-xotin bölişgan. Ikrom uruşda bir oyoğidan ajrab uyga qaytadigan sahna bor. Şu yerda öz rolimni öynarkanman çidab turolmasdim. Töti opamning butun vujudi gapirardi. Men partnyor sifatida buni sezib turardim.
Mavzuga oid
“Ufq” asari asosida sahnalaştirilgan spektakldan lavha. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
“Kelinlar qözğoloni”dagi Sottini oling. Butunlay boşqaça obrazda namoyon bölganlar. Saqiç çaynab yurganda saqiçni olib römoliga yopiştirib qöyib, qönğiroqqa javob berarkan, ming yillik qadrdonlarday gaplaşadi-ku, şu payt qaynonasi kelib: “Kim bilan gaplaşyapsan?” deb sörasa, “Voy, söramabman, hozir sörayman. Hoy, kimsiz” deydi-ku, şugina epizod bilan özbek xarakterini juda çiroyli qilib oçib bergan. Sotti deganda mening köz oldimga Töti opam kelardi.
U kişi bilan “Kelinlar qözğoloni” spektaklida 800 marta birga öynaganman. 800 marta! Örislarda “falş” degan narsa bor, Töti opam bilan biror marta bu holat sodir bölmagan. Sahnaga nisbatan mehr, mas’uliyat juda kuçli edi. Teatrning onasi edi u kişi.
Töti Yusupova hamkasblari davrasida. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Töti opam juda oqibatli, mehrli ayol edi. Boşqalarga doim mehr-oqibat körsatganlari uçun ham Özbekistonda xizmat körsatgan artist Lola Eltoyeva umrining oxirigaça u kişiga xuddi özining onasiday ğamxörlik qildi. Sönggi nafaslarigaça Lola Töti opamning boşida turgan. U kişi Lolaga butunlay boşqaça mehr qöygandi. Özi hamma aktrisalarimizniyam yaxşi körganlar, ularning içida Lolaga alohida mehr qöygandilar.
Lolayam u kişiga alohida mehr qöygandi. Bir kun bölsin yolğiz taşlab qöymagan. S’yomkada, repetitsiyadan böş bölgan zahoti Töti opamnikiga çiqardi. Bölmasa ularning öz bolalari bor, eri bor, uylarida öziga yaraşa yumuşlari, yugurlari bor, rözğorning kamçiliklari bordir. Lola bunga qarab ötirmasdi. Hozir teatrimizdagi hamma uni duo qilyapti.
Ra’no Yaraşeva, Özbekistonda xizmat körsatgan artist:
– Tötixon aya eng yaqin ustozimiz va maslahatçimiz edi. Uylari teatrning şundoq biqinida edi. Repetitsiyalardan böş vaqtimiz böladimi, spektaklga ertaroq kelib qolamizmi, çopib uylariga çiqardik. Kirib borganimizda hamişa dasturxonlari yoziğliq bölardi. Qöllari şirin edi.
Töti Yusupova hamkasblari davrasida. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
U kişi butun mamlakat taniydigan, butun mamlakat ardoqlaydigan, köpçilik havas qiladigan darajada e’zozli inson edilar. Ikki nafar öğillaridan ayrilgandilar. Bittagina qizlari – Marhaboxon opamiz farzandlik burçlarini juda çiroyli ötadilar, farzandlari bilan birgalikda u kişini ardoqlab, mehr-muhabbatlarini dariğ tutişmadi.
Lekin men Töti Yusupovaning qizlari bitta emas demayman. Töti opamning Muyassarxon, Manzuraxon, Lola Eltoyeva degan qizlari bor. Bundan taşqari, Muhabbatxon, Ozodaxon ismli hoji onalarimiz, şoiramiz Farida Afröz, ustozim, Özbekiston xalq artisti Rixsi Ibrohimova u kişini moddiy-ma’naviy qöllab-quvvatlab kelişdi.
Töti Yusupova qizi Marhabo Nasriddinova va şogirdi Lola Eltoyeva bilan. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Töti opam mamlakatning qaysi nuqtasiga borsalar hamişa sevimli bölib qoldilar. Yuragimga taskin beradigan yana bir narsa şuki, şunça ğam-ğussa, şunça yöqotişlar, şunça dard, şunça qiyinçilik – hammasini tik oyoqda ötkazdilar. Umrlarining oxirgi nuqtasigaça oyoqlari özlariga xizmat qildi, aqllari, tillari, qöllari özlariga xizmat qildi, yotib qolmadilar. Buyam inson uçun juda katta baxt deb öylayman. Töşakka mixlanib qolib, boşqalarning yordamiga muhtoj bölib qolganlari yöq. Dunyodan ötişlaridan bir hafta ön kunça oldin ham sahnaga – tomoşabin qarşisiga çiqdilar. Buni matonat deydi, buni bardoş deydi.
Yana bir narsani aytmoqçiman, bu narsani aytiş qançalik töğri bilmadim. Özbek ayoli, özbek onasi oxirgi daqiqagaça bolam derkan-da. 2008 yilda kiçik öğillari Mirkamol dunyodan ötganda Kökça qabristoniga qöyilgandi. Ölimlaridan oldin: “Mirkamolim yolğiz qolgan, meni uning yoniga qöyinglar!” deb vasiyat qilibdilar. Hattoki jon berayotgandayam ona bolam derkan-da.
Töti Yusupova oilasi va yaqinlari davrasida. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Lola Eltoyeva, Özbekistonda xizmat körsatgan artist:
– Hozir şunaqa hissiyotdamanki, ota-onam rahmatlini berib qöyganimda şunaqa hissiyotni boşdan keçirgandim, xuddi hozirgidek juda yomon qiynalgandim.
Rahmatli ustozimiz dardga juda çidamli inson edilar. Bunaqa dardni hammayam kötara olmaydi. U kişiga davlatimiz tomonidan körsatilgan ğamxörlik, e’tiroflar hammamizga nasib qilsin. Allohga behisob şukur, doimo e’zozda böldilar.
Töti opam 10 mart kuni 86 yoşni qarşilagandilar. Şunaqa xursand bölgandim öşa kuni. Tuğilgan kunlarida şifoxonaga bordik. Öşa kuni Kinematografiya agentligidan Barnoxon qönğiroq qilib rahbarimiz Tötixon ayani tabriklaşimiz kerak, alohida tabrigimiz bor deb aytyaptilar degandi. Şifoxonaning boş şifokori, davolovçi şifokorlardan ruxsat olib, katta guldasta va sovğa-salomlar bilan palatalariga kirib bordik. Şunaqa xursand böldilar, şunaqa xursand böldilar.
Gulni yaxşi körardilar. Yöqlab kelganlarning gullarini guldonlarga solib qöysam, ularni körib zavqlanardilar. “Qara, bularning çiroyliligini”, deb aytardilar menga. Rahmatli juda duogöy inson edilar. Köp duo qilardilar, hammaga uzoq umr tilardilar.
“Jaholat alangasi” videofilmida onamning rolini Töti opam öynaydi deyişganda judayam qattiq hayajonlanganman. Qanaqa bölarkin, meni qabul qilarmikinlar deb öylaganman. Çunki endi san’atga kirib kelayotgan yoş aktrisa edim. Özimni aktrisa deb hisoblay olmasdim u paytlar. Menga bu rolni berişganida xursand bölib ketgandim. Rahmatli ota-onam ham Töti Yusupova bilan rol öynaşimni eşitişganida rosa quvonişgandi.
Töti opam bilan birinçi marta Namangandagi sahnada körişganimda juda kamtar, samimiy, oddiy inson ekanliklarini körib qoyil qolganman. U kişi bilan ilk marta heç qanday repetitsiyasiz rol ijro etişimga töğri kelgan. Şundan keyin u kişi bu qizni albatta özimizning teatrga olib kelaman, teatrimizda işlaşi kerak, har tomonlama bizning teatrga mos ekan deb aytgan ekanlar. Buni keyinçalik menga rejissyorimiz rahmatli Nuriddin aka Qosimov aytib bergandilar. “Hali hayotingda juda katta özgarişlar böladi, seni mana şu teatrga loyiq deb ketdilar”, degandilar öşanda.
Lola Eltoyeva. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
“Heç kim kasal bölmasin” deb köp aytardilar. Ayniqsa, oxirgi payt şu gapni köp-köp takrorlardilar. Töti opajonim nafaqat biz san’atkorlarning, balki butun Özbekistonning mehridaryo onasi edilar. Bilardim, ötgan zamonda gapiriş oğir ekan juda. Menga bildirgan işonçlarini umrim oxirigaça oqlaş uçun Allohim menga kuç-quvvat bersin! Oxiratlari obod, joylari jannatda bölsin.
Elmira Bositxonova, Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari:
– Kim bilandir taniş bölganim, bu bilan ğururlanişim töğrisida deyarli heç qaçon gapirmaganman. Lekin Tötixon opam bilan taniş bölib, muloqotda qilib, Xotin-qizlar qömitasida işlaganimda milliy an’analarimizni saqlab qoliş, ayollarimiz va qizlarimizning özbek millatiga xos qadriyatlarini şakllantirişda u kişining iste’dodlaridan foydalanib, şu yölda birgalikda harakat qilganmiz. Bu hamkorlik men uçun juda ham qimmatli.
Elmira Bositxonova. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Tötixon opa bilan birga yonma-yon ötirib köp suhbatlaşardik. U kişini körgan zaldagi barça ayollar – ular turli xil darajada tarbiya körgan, ularning san’atga munosabati ham turliça bölgan – hammasining közi bir xil yonişni boşlardi. Bu ularning iste’dodlarining kuçidan deb bilaman. Bu hammaning ham qölidan kelavermaydi. Va hammaga ham özbek ayolining siymosi böliş nasib etmaydi. Men özbek ayolining siymosi bölgan aktrisa bilan birga işlaganimdan, jamiyatimizdagi ayollarning ma’naviy dunyosini boyitişda iştirok etganimdan ayniqsa baxtliman.
Töti Yusupova umr yöldoşi Mirğiyos Soatov bilan birga. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Soğliqni saqlaş vazirligiga işga ötganimdan keyin xöjayinlarining kasalligi tufayli Tötixon opamlar bilan bir neça marta suhbatlaşdik. Özlarining ham salomatliklarida muammo bölişiga qaramasdan xöjayinlariga juda ğamxör edilar. Oilada kimdir kasal bölsa, qandaydir bir betartiblik, jonsaraklik kuzatiladi. Töti opamlarnikiga borganimda buning aksini körardim. Sarişta, ozoda, fariştali xonadonga kirib borganman. Uylaridan gul hidi kelardi. Bemor bor xonadonga öxşamasdi. Bu – albatta vafodor, saranjom-sarişta ayolning xizmatlari. Men Tötixon opani naqadar kuçli ayol, namunali uy bekasi ekanliklarini körgandim.
Töti Yusupova yaqinlari davrasida. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Gulçehra Rustamova, Töti Yusupovaning jiyani:
– Xolam bilan juda yaqin edik. Sönggi marta gaplaşganimizda: “Bolam, kelmaysanmi?” deganlari quloğimda qolib ketdi. Onamning vafotlaridan keyin xolamga suyanib qolgandim. Tuşimda onamni körsam, bu haqda heç kimga aytmasdan xolamning yonlariga çopardim. Meni juda yaxşi körardilar. “Gulçi” deganlari heç quloğimdan ketmaydi.
Onam bilan xolam ikkitagina opa-singil edilar. Juda yaqin bölişgan. Onam serfarzand bölganlari, qolaversa, yöl uzoq bölgani uçun xolamni körişga köp kelolmasdilar. Onam hayot paytlari mobil aloqa ham u darajada ommalaşmagandi. Soğinib-soğinib yaşardilar onam beçora.
Gulçehra Rustamova, Töti Yusupovaning jiyani. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Ikki öğil, bir kelinlarini yöqotdilar. Biz ham hayron qolamiz şunça narsaga qanday çidaganlariga. Bunga poççayam sababçilar. Rahmatli juda yaxşi inson edilar. Heç qaçon xolamni xafa qildirib qöymasdilar. Şirinsöz edilar, doim yaxşi gapirardilar. Xolamga xonim deb murojaat qilardilar. Samarqandga paxtaga öraganday olib borib kelardilar. Körib havasimiz kelardi.
Bir-birlariga suyanib, bir-birlaridan kuç olib olib yaşaşgan bölsa kerak. Zimdan qaraganda şunça yöqotişni boşdan keçirgan odamga öxşamasdilar. Biz bilan gaplaşganlarida ham buni bildirmasdilar, faqat yaxşi narsalarni gapirardilar. Men nimalarni boşdan keçirganlarini bilardim, lekin boşqalarga aytib yotmasdilar.
Töti Yusupova yaqinlari davrasida. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Onalari, ya’ni buvim çevar bölganlar. Onalaridan ötganmi, juda qiziqqanlari uçun aktrisalikdan taşqari özlari ham ellik yildan köproq çevarçilik qilganlar. Ayniqsa, teatrda endi iş boşlaganlarida moddiy tomondan qiynalganlarida keçasi bilan çevarçilik qilganlarini aytib bergandilar. Hatto bizga ham kiyim tikib berganlar. Bir uylariga mehmonga kelganimda tikuv maşinalarini menga sovğa qilgandilar. “Uyingga olib borib işlat, çevarçiligimiz töxtab qolmasin”, degandilar.
– Şu xonadonga, buvijonnikiga kelin bölib kelganimga 12 yil böladi xudo xohlasa. Ularning kelinlari bölganimdan juda ham xursandman. Şu ayolning qöllariga kelib, tarbiyasini oldim, xizmatlarni qildim. Yöqotganimga haliyam işonolmayapman.
Nilufar Nasriddinova, marhumaning nevara-kelini. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
Buvijonni qaynonam deb qabul qilganman. Men özi qizlarining kelinlariman. Bunaqa insonlar dunyoga boşqa kelmasa kerak. Sabr-bardoşni men buvijondan örgandim. Hayotga buvijonning közlari bilan qaraydigan böldim. Hamma narsaga sabr qilardilar. Mengayam: “Sabr qiling, bolam, hammasi yaxşi böladi”, deb nasihat qilardilar.
Siqilsam, nimadir noxuş voqea bölib qolsa, sabrga çaqirardilar, keçirimli böling deyaverardilar. “Hayotda hamma narsa böladi. Keçiring, Alloh uçun keçiring, könglingiz xotirjam böladi”, derdilar gaplaşib ötirganimizda.
Töti Yusupova. Foto: YouTube / Yulduz Fayziy
U yoq – bu yoqqa ketib qolsalar, uyimiz huvullab qolardi. Xöjayinim bilan uyga kirgimiz ham kelmasdi. Şifoxonaga ketganlaridan keyin uyimiz huvullab qoldi-ya deganimda: “Xudo xohlasa ertaga çiqarman, yana gurunglaşib ötiramiz”, derdilar.
Şifoxonadan kelganlarida bolalarim şunaqangi xursand bölib ketişardi. Şifoxonaga tuşib qolsalar, menga xuddi buvijon boşqa qaytib kelmaydigandek bölib tuyulaverardi. Şunday payt: “Ey Xudoyim, eson-omon tuzalib qaytsinlar”, derdim. Yaxşi bölib qaytsalar bolalarim buvim keldilar deb rosa xursand bölişardi.