«Şuni ma'lum qilamizki, ayni paytda san'atkorning ahvoli yaxşi. Şu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoşlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini sörab qolamiz», deyiladi xabarda.
Aktrisaning yaqinlari ham Kun.uz bilan boğlanib, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma'lum qilgan.
Özbekiston xalq artisti Töti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlarni dastavval taniqli suxandon Tolibjon Isroilov özining Instagram sahifasida yozib qoldirgandi.
«Özbekiston xalq artisti, milliy teatrimiz darğalaridan biri, beqiyos mahoratli aktrisa, nihoyatda nurli özbek ayoli, onasi Tötixonim Yusupova olamdan ötibdi. Asllar ketyapti... Alloh jannatidan joy bersin! Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!» deya yozagandi u.
Özbekiston Kinematografiya agentligi ham aktrisaning vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirgandi.










