1961 yil 12 aprel kuni Boyqönğir kosmodromidan ilk bor inson kosmosga uçadi. Ammo keyinçalik, kosmosga Gagarindan avval boşqa kosmonavt uçişi rejalaştirilgani ma’lum böladi. U maxsus kabinada ötkazilgan sinovning sönggi kunida ehtiyotsizlik tufayli sodir bölgan yonğinda oğir tan jarohatlari olib vafot etadi. Kosmonavtning vafoti 25 yil davomida yaşirib kelinadi va 1986 yilda ommaga oşkor qilinadi.

69 yil umr körgan mustabid tuzumida ommadan juda köp narsalar yaşirilgan. Jumladan, 1961 yilda kosmosga parvoz qilişi lozim bölgan Valentin Bondarenko bilan sodir bölgan halokat ham.

Bondarenko parvozga ikki hafta qolganda maxsus kabinada ötkazilayotgan sinov paytida ehtiyotsizlik ortidan kelib çiqqan yonğinda jarohat oladi va vafot etadi. Şundan söng uning örniga Gagarin parvoz qiladi. Ba’zi manbalar esa Bondarenko sinov kabinasida emas, balki fazoga parvoz çoğida halokatga uçrab vafot etgan, deyişadi.

Foto: blogs.20minutos.es

Valentin Bondarenko

Valentin Bondarenko 1937 yilda Ukrainaning Xarkov şahrida tuğilgan. U yuqori sinflarda öqib yurgan paytida maktabda oçilgan aeroklubda şuğullana boşlaydi. Maktabni bitirgaç, harbiy-aviatsiya bilim yurtiga öqişga kiradi.

1957 yilda öqişni tugatib, harbiy-havo kuçlarining Boltiqböyidagi aviatsiya qismlarida xizmat qiladi. 1960 yil boşida u kosmonavtlar tayyorlaş guruhiga qöşiliş uçun hujjatlarini topşiradi. 1960 yil 28 aprel kuni uni kosmik parvozga tayyorlaş uçun yiğilgan ilk guruhga qöşişadi.

Ilk parvoz uçun saralab olingan guruh. Örtada ötirgan Korolyovning çap tomonidagi Bondarenko/ Foto: gagarin-starjan.sulinet.hu

Bondarenko iqtidorli uçuvçilardan biri bölgani sababli uni kosmosga uçişga tayyorlaş uçun 79 nafar nomzod orasidan saralab olingan guruhga kiritişadi. Keyin esa ilk parvoz uçun tayyorlanadigan olti kişilik guruhga qöşişadi. U 1960 yil mart oyi boşlarida Moskvadagi harbiy qismda «Vostok» kosmik kemasi maketida parvoz uçun tayyorgarlik köra boşlaydi.