Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Ukrainaga 6 mingta raketa beradi
Shuningdek, London ukrainalik harbiylar maoshi uchun 25 mln funt sterling (30 mln yevro atrofida) ajratadi.
Buyuk Britaniya Ukrainaga Rossiyadan himoyalanish uchun 6 mingta, jumladan, tankka qarshi raketalar berish niyatida. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi, deb xabar berdi DW.
"Biz Ukrainadagi ozodlik mash’alini saqlab qolishimiz yoki Yevropa va butun dunyoda o‘chishiga yo‘l qo‘yishimiz mumkin", - dedi Jonson.
Bundan tashqari, London ukrainalik harbiylar maoshi uchun 25 mln funt sterling (30 mln yevro atrofida) ajratadi. VVS mediakorporatsiyasiga 4,1 mln funt sterling (4,9 mln yevro) beriladi. BBC xabariga ko‘ra, bu mablag‘ Rossiya va Ukrainadagi dezinformatsiyaga qarshi kurashishga sarflanadi.
Avvalroq Buyuk Britaniya Ukrainaga 4 mingdan ortiq Javelin va NLAW tankka qarshi raketa majmualarini jo‘natgan.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:35 / 03.07.2026
Ukraina NATOga: Biz faqat yordam oluvchi emasmiz
10:05 / 03.07.2026