Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Rossiya tomonidan NATO uchun bevosita tahdid yo‘qligini aytdi
Yyens Stoltenberg NATO nizo Ukrainadan tashqariga chiqmasligi uchun javobgar ekanligini ta’kidladi.
Foto: DPA
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya alyans a’zolariga bevosita tahdid soladi deb hisoblamasligini aytdi.
"Biz dunyodagi eng kuchli ittifoqmiz. Biz birga ekanmiz, xavfsizlikdamiz", dedi u NATO sammitida.
Shu bilan birga, Stoltenberg NATO Ukrainadagi urushga aralashmasligini ta’kidladi.
"Biz bu nizo Ukrainadan tashqariga chiqmasligi uchun javobgarmiz, bu yanada ko‘proq qayg‘u, o‘lim, vayrongarchiliklar olib keladi", - dedi NATO bosh kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uzra parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etish judayam xavfli.
"Parvoz qilish taqiqlangan hudud o‘rnatish uchun biz Rossiya, Belarus va Ukrainadagi Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlariga hujum qilishimiz, Rossiya samolyotlarini urib tushirishga tayyor bo‘lishimiz kerak. U holda NATO va Rossiya o‘rtasida ulkan urush kelib chiqish xavfi paydo bo‘ladi", dedi Stoltenberg.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026