Iqtisodiyot | 11:18 / 24.03.2022
43884
2 daqiqa o‘qiladi
Tijorat banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda
O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar sotuv kursi 11 550 so‘mgacha pasaydi.
24 mart kuni O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana tushirdi.
Bugun soat 11:00 dan tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotuv kursi 11550 so‘mgacha tushgan.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
- NBU: sotib olish — 11 480 so‘m, sotish — 11 550 so‘m;
- «Hamkorbank»: sotib olish — 11 460 so‘m, sotish — 11 570 so‘m;
- «Davrbank»: sotib olish — 11 450 so‘m, sotish — 11 570 so‘m;
- «Turonbank»: sotib olish — 11 450 so‘m, sotish — 11 570 so‘m;
- «Tengebank»: sotib olish — 11 500 so‘m, sotish — 11 570 so‘m;
- «Kapitalbank»: sotib olish — 11 460 so‘m, sotish — 11 550 so‘m.
18 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagandi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 62,40 so‘mga pastlab, 11 509,59 so‘mni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
21:39 / 01.11.2024
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan
16:24 / 22.04.2024
O‘zbekistonda dollar kursi 12 700 so‘mdan oshdi
18:30 / 10.01.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 400 so‘mdan oshdi
16:28 / 10.08.2023