«Navruz Cup-2022». O‘zbekiston Qirg‘iziston ustidan irodali g‘alabaga erishib, finalga chiqdi
Bugun, 25 mart kuni Namanganda start olgan «Navruz Cup-2022» ikkinchi yarimfinalida O‘zbekiston milliy jamoasi Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushdi.
Namanganda 15 mingga yaqin tomoshabin qarshisidagi uchrashuvda hisob kutilmaganda mehmonlar tomonidan ochildi. Himoyachilardan qochib ketgan Mirlan Murzayev O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1.
Hujumkorlikni to‘xtatmagan Srechko Katanets shogirdlari 65-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishdi. Dostonbek Hamdamovning uzatmasini Eldor Shomurodov darvozaga yo‘lladi – 1:1. «Roma» forvardi Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvda milliy jamoa safidagi 25-goliga mualliflik qildi va bu borada Server Jeparov natijasini takrorladi.
Uchrashuvning kulminatsion voqealaridan biri Igor Sergeyevning o‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolganida maydonga tushgani bo‘ldi. Milliy jamoa hujumchisi so‘nggi daqiqalar qahramoniga aylandi. Sergeyev dastlab 85-daqiqada vakillarimizni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.
90+1-daqiqada esa Oybek Bozorovning burchakdan yetkazgan to‘pini darvozaga kiritib, Namangandagi stadionni ikkinchi bor «larza»ga keltirdi – 3:1.
Shu tariqa, O‘zbekiston turnir finalida 29 mart kuni Ugandaga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi. Qirg‘iziston esa Tojikistonga qarshi bahs olib boradi.
25 mart (juma)
«Navruz Cup-2022». 2-yarimfinal.
O‘zbekiston – Qirg‘iziston - 3:1
Hakamlar: Nasrullo Kabirov, Ismoil Nuraliyev, Vafo Qorayev, Sayyodjon Zayniddinov (hammasi – Tojikiston)
Namangan. «Markaziy» stadioni.
Gollar: Eldor Shomurodov 65, Igor Sergeyev 85, 90+1 – Mirlan Murzayev, 6.
O‘zbekiston: 12.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 18.Abdulla Abdullayev, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farrux Sayfiyev, 9.Odiljon Hamrobekov, 7.Otabek Shukurov, 22.Javohir Sidiqov (19.Azizbek Amonov, 46), 17.Dostonbek Hamdamov ( 21.Igor Sergeyev, 79), 10.Jaloliddin Masharipov (23.Oybek Bozorov, 88), 14.Eldor Shomurodov (15.Umar Eshmurodov, 86).
Qirg‘iziston: 13.Erjan Tokotayev, 2.Valeriy Kichin, 5.Ayzar Akmatov, 18.Qayrat Jirgalbek, 11.Bekjan Saginbayev (14.Aleksandr Mishenko, 73), 20.Baktiyar Duyshobekov, 12.Odiljon Abdurahmonov (8.Azim Azarov, 82), 22.Alimardon Shukurov, 7.Guljigit Aliqulov, 21.Farhod Musabekov (23.Ahliddin Isroilov, 72), 10.Mirlan Murzayev.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024