2022 yilning 24-25 mart kunlari Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi, BMTning Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) va boşqa taşkilotlar hamkorligida zöravonlikdan jabr körgan ayollarga ma’lumot va maslahat beriş sifatini oşiriş maqsadida 1146 işonç telefonida işlaş böyiça seminar-trening ötkazildi.

Tadbir Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş respublika markazi, uning hududiy tuzilmalari, 1146 işonç telefonida faoliyat yuritayotgan psixolog, operatorlar uçun taşkil etildi.

Seminar-treningda gender zöravonlik va oilaviy nizolar örtasidagi farqlarga oid masalalar körib çiqildi. Zöravonlik qurbonlariga qonunçilikda kafolatlangan zarur xizmatlar, ularni ta’minlaş tamoyillari va standartlarini körib çiqiş, telefon orqali yordam körsatişni samarali taşkil etiş atrofliça örganildi. 

Şuningdek, işonç telefoni xizmatçilari gender zöravonlikni va xavf omillarini aniqlaşni örgandi, gender zöravonlik oqibatlari, qonunçilik bazasi, gender zöravonligiga javob beriş böyiça xizmatlar körsatişning standart operatsion tartiblari haqida ma’lumotlar oldi.

Foto: BMT Aholişunoslik jamğarmasi

Jinsga asoslangan zöravonlikka idoralararo javob, işonç telefoni xizmatçilarining javob beriş standartlari, telefon aloqasi böyiça kommunikativ kompetensiya böyiça öz könikmalari ustida işlay olişi, kelajakda uşbu könikmalarni rivojlantiriş uçun telefon odobi va kasbiy döstlik tamoyillari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Bundan taşqari, işonç telefoni işini sifatli ta’minlaş va “kuyiş sindromi”ning oldini oliş maqsadida xizmatçilarga stressdan xalos böliş va kuçni tiklaş usullari taklif etildi.

Bildirilişiça, işonç telefoni mutaxassislarini tayyorlaş gender zöravonligiga barham berişga qaratilgan keng kölamli dasturning bir qismi bölib, zöravonlikdan jabrlanganlarga ijtimoiy-huquqiy yordamning kompleks yondaşuvini amalga oşiriş uçun idoralararo munosabat va hamkorlik masalalari böyiça tavsiyalarni beriş, manzilli qöllab-quvvatlaş maqsadida salohiyatini yanada oşirişdan iboratdir.