Antarktida va Grenlandiya muzliklari ostida dunyoning kelajagi yozilyapti, deydi tadqiqotçilar. Global iqlim isişi “yer sovitkiçlari” deb ataladigan muzliklarning keskin qisqarişiga sabab bölyapti. Öz navbatida muzlarning erişi iliq havo oqimini köpaytiradi va bu – muzliklarni yana ham tezroq erityapti.

Nega muzliklar Yer uçun muhim?
Muzlar quyoşdan kelayotgan issiqlikni koinotga qaytarib, yerni salqinlatib turadi. Qoronği okean esa issiqlikni sörib olişga moyil böladi. Muzlar erisa, quyoş nurlarini qaytaruvçi vosita qolmaydi va global isiş tezlaşadi. Agar muzlar erisa, global suv sathi ham oşadi. Xöş, hamma muzliklar ham suv sathiga ta’sir qiladimi?
Suv sathini dengiz muzi va muzliklar şakllantiradi. Dengiz muzlari suvda, suv muzlaşidan paydo bölsa, muzliklar quruqlikda, minglab yillar davomida yerga yoğgan qorning töplanib, jipslaşişidan hosil böladi. Arktika – dengiz muzi, Antarktida va Grenlandiya muzliklardir.

Dengiz muzining erişi xuddi şişa idişdagi muz erib, suv sathi özgarmaganidek umumiy suv siğimini özgartirmaydi. Lekin ular köproq erib, iliq havo köpaysa, bu suvning kengayişiga ham sabab böladi va dengiz sathi oşişiga ta’sir etişi mumkin.
Muzliklar muzi erişi esa suv sathiga jiddiy ta’sir qiladi. Çunki ularning suvi erib, okeanga quyiladi. Yerdagi quruqlikning taxminan 10 foizi muzliklar bilan qoplangan. Ularning 90 foizi Antarktidada, qolgan 10 foizi esa Grenlandiyada joylaşgan.
Şiddat bilan eriyotgan muzliklar
2011-2020 yillar oraliğida Grenlandiyada 3-5 trillion tonna muz erib ketgan. Bu – 1 yilda örtaça 357 milliard tonna muz eriganini anglatadi. Hududda jami 1 million 700 ming kilometr maydon muz bilan qoplangan, agar ularning barçasi erib ketsa, dunyoda dengiz sathi 6 metrga kötarilişi mumkin. Muzlar erişi oxirgi 40 yil içida 21 foizga tezlaşgan.
Şuningdek, izlanişlar bu ikki qutbda muzlarning erişi 1990 yillardagidan 6 marta tezlaşganini körsatgan.

Agar muzlarning erişi sekinlaşmasa, dengiz sathi 2100 yilga borib, 71 santimetrga kötarilişi mumkin. Bu – qirğoqböyi davlatlari yöq bölib ketişi mumkin degani. Çunki insoniyatning qariyb 1/3 qismi qirğoq çiziğidan 100 kilometr uzoqlikda yaşaydi. Masalan, Tinç okeanida joylaşgan Tuvalu va Marşall orol-davlatlari şundaylardan birinçilari bölişi mumkin.
Muzlar erişining kun uzunligiga ta’siri
Yer aylaniş öqining Yer yuzi bilan tutaşgan ikki nuqtasi Yerning qutblari deb ataladi. Yer qutblari ikkita – Şimoliy va Janubiy qutblar. Janubiy qutbda Antarktida, Şimoliy qutbda Grenlandiya muz massalari joylaşgan. Agar Yerning aylaniş öqi atrofidagi massalar köp bölsa, Yer tezroq aylanadi. Agar şu massalar kamaysa, Yer sekin aylanadi. Bu yerda muhim narsa, deylik şu muzliklar yoki dengiz muzlari erisa-yu, öz joyida qolaversa, bu – Yerning aylanişiga ta’sir qilmaydi. Lekin ular erib, okeanlarga oqib tuşa boşlasa, Yerning aylaniş öqi atrofida massalar kamayadi va Yer sekinroq aylanadi. Bu – 1 kun uzoqroq davom etişini angladi. Masalan, Grenlandiyadagi barça muzliklar erib, okeanga oqib ketsa, global dengiz sathi 7 metrga kötariladi va 1 kun hozirgidan 2 millisekund köproq bölişi mumkin.

Global isiş sabab Arktika dengiz muzi har ön yilda deyarli 13 foizga erib boryapti. Sönggi 30 yilda esa Arktikadagi eng qadimgi va eng qalin muzning 95 foizi erib ketdi. Isiş töxtamasa, Arktika 2040 yilda yozini muzsiz ötkazişi mumkin.
Muzliklar ostidan erişni boşlagan
Yangi tadqiqotlarga köra, muzliklar yangiça eriş bosqiçiga ötgan. Şu paytgaça muzlarning erişini sun’iy yöldoşdan körib, qaçon qança muz erişi haqida ma’lumot töplanardi. Endi muzlar asosidan boşlab erişni boşlagan. Bu – “bazaviy eriş” deyiladi.
2018 yilgi tadqiqotga köra, har 40 soatda Antarktida milliard tonnalab muzni yöqotadi.

“Bu yöqotişlarning aksariyatini kuzatiş qiyin. Çunki biz sun’iy yöldoşlardan muzning ma’lum hududlarda sezilarli darajada yupqalaşganini körişimiz mumkin. Lekin hozir eriş yuzadan emas, balki pastdan yuqoriga qarab sodir bölmoqda”, – degan Britaniya Antarktika tadqiqotining geofizigi Robert Larter.
Odatda muz qoyalarining yuza qismi öta silliq böladi. Geophysical Research Letters tadqiqotiga köra, muzlar ostidan erişni boşlasa, ularning yuzasi dağallaşadi. Ya’ni muz ostining eriş darajasini muz yuzasining silliqligini tekşirib biliş mumkin.
Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasi (The National Oceanic and Atmospheric Administration – NOAA) ma’lumotiga köra, keyingi 30 yilda Qöşma Ştatlar qirğoqlarida dengizlar sathi 25-30 santimetr kötarilişi mumkin.

NOAA milliy okean xizmati direktori Nikol LeByof 2050 yilga borib, suv toşqinlari hozirgidan 10 martadan köproq sodir bölişini aytmoqda. Bu – ayrim joylarda 2-5 yilda yuz beradigan tabiat hodisasi har yili bir neça marotaba sodir bölişini anglatadi.
Yerni kutayotgan ofatlar
Global dengiz sathi 1900 yildan beri 17-18 santimetr kötarilgan va kötarilişda davom etyapti. Bu qirğoqböyi davlatlar va kiçik orol davlatlarda toşqin, böron kabi ekstremal tabiat hodisalarini köpaytirişi mumkin.
Şuningdek, qutbiy özgarişlar iliq oqimlarni köpaytiradi, natijada taxmin qilib bölmaydigan ob-havo paydo böladi. Bu esa global oziq-ovqat sistemasiga juda katta zarar yetkazadi. Oziq-ovqat narxlari kötariladi, dunyoning zaif davlatlariga oçarçilik xavf soladi.
Muzlar erişi bilan Arktika tomon yangi suv yöllari oçiladi. Yangi yönalişlar vaqtni tejaşi mumkin, ammo sayohatlar juda xavfli böladi. Kemalar halokati yoki neftning suvga oqib ketişi ekipajni qutqarişni imkonsiz qilib qöyişi mumkin.
Dengiz muzlarida yaşaydigan hayvonlar muzlarning erişiga moslaşadi yoki halok böladi. Qutb ayiqlari, morjlar, arktika tulkilar, qorli boyquşlar, buğular va boşqa turlar uçun fojia yuz berişi mumkin.

Arktika va quruqlikdagi muzliklar özida katta miqdorda metan va issiqxona gazlarini saqlaydi. Muzlar eriganda bu gazlar ham tarqalib, global isiş yana ham tezlaşadi. Issiq esa muzlarning özini yana ham tezroq erita boşlaydi va biz hozirgidan ham ğayritabiiy iqlim özgarişlariga guvoh bölib boraveramiz.
Zuhra Abduhalimova, Kun.uz muxbiri











