Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Instagram o‘rnini egallashi aytilgan ijtimoiy tarmoq belgilangan vaqtda ishga tushmadi
Rossgram dushanba kunidan taniqli blogerlar, homiylar, investorlar va OAV uchun ishlay boshlashi, aprel o‘rtalaridan barcha uchun ishga tushishi aytilgandi.
Rossiyada 28 mart kuni Instagram o‘rnini egallashi aytilgan Rossgram ijtimoiy tarmog‘i ishga tushirilishi ma’lum qilingandi, deb yozdi DW.
Qator OAVning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoq belgilangan vaqtda ishga tushmadi, foydalanuvchilar tarmoqni ocha olmagan va ro‘yxatdan o‘tolmagan.
Rossgram dushanba kunidan taniqli blogerlar, homiylar, investorlar va OAV uchun, aprel o‘rtalaridan esa barcha uchun ishga tushishi aytilgandi.
Yangi ijtimoiy tarmoq muallifi internet-marketolog Aleksandr Zobov bo‘lib, u o‘zini Telegram asoschisi Pavel Durovning kursdoshi deb atagan.
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar professional foydalanuvchilari assotsiatsiyasi rahbari Vladimir Zikovning aytishicha, Pavel Durovning Aleksandr Zobov ismli kursdoshi bo‘lmagan.
Rossiyada AQShning Meta kompaniyasiga tegishli Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari 14 mart kuni bloklangandi. 21 mart kuni Moskvaning Tver rayoni sudi Meta kompaniyasini "ekstremistik tashkilot" deb topgan.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026