Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida 2,4 mlrd so‘m ajratdi
2021 yilda iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan 3 ta loyiha moliyalashtirildi. Bu haqda AOKAda "O‘zgidromet" mutasaddilari ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi mintaqaviy loyihasi va boshqa donorlar ishtirokida hududlardagi gidrometeorologiya va qor ko‘chki kuzatuv stansiyalariga yangi meteo va agrometeorologik uskunalar o‘rnatildi.
Bildirilishicha, mazkur stansiyalarda o‘simliklar namligi va zichligi, yog‘in miqdori, tuproq harorati hamda namligini avtomatik usulda har o‘n daqiqada aniqlash yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, “Yashil iqlim jamg‘armasi” hisobidan umumiy qiymati 10 mln dollar bo‘lgan grant loyihasi imzolandi.
Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan 3 ta loyiha moliyalashtirildi.
Soha bo‘yicha ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar hajmi 5,2 mlrd so‘mga (2 baravarga) yetkazildi.