O‘zbekiston | 10:00 / 30.03.2022
2647
7 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekinvest” 2021 yil yakunlari bo‘yicha sug‘urta bozoridagi yetakchi mavqeyini saqlab qoldi va mustahkamladi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida yurtimizning barcha jabhalarida, jumladan, iqtisodiyot sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi sug‘urta bozorining jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Foto: O‘zbekinvest

“O‘zbekinvest” sug‘urta sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etib, ijobiy rivojlanish tendensiyasini namoyish etdi va 2021 yilda biznesning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror o‘sishni ta’minladi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2021 yildagi faoliyati yakunlariga ko‘ra, mahalliy sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni nafaqat saqlab qoldi, balki  mustahkamladi, 385 milliard so‘m sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini ta’minlab, 2020 yilga nisbatan hajmlarni 147 foizga o‘sishiga erishdi.

2021 yilda kompaniya tomonidan milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 1,78 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta qoplamasi taqdim etildi, bu esa respublikaning noxomashyo eksporti qoplanishining 33 foizini tashkil etdi.

Kompaniyaning 2021 yilda erishgan asosiy yutuqlaridan biri xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urtalash bozorlarida sug‘urta operatsiyalarining jadal va barqaror rivojlanishi bo‘ldi, shu bois 2021 yil yakunlariga ko‘ra qayta sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘imi 20 million AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 2020 yilgi ushbu ko‘rsatkichdan 3 barobar ko‘pdir.   

O‘tgan 5 yil davomida kompaniya sug‘urta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 0,1 foizdan 43 foizga o‘sdi va 2021 yil yakuniga ko‘ra 15,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu yo‘nalishda kompaniya yetakchi xalqaro transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari hamda sug‘urta brokerlari: Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveytsariya), Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Koreya), Marsh (AQSh), AON va UIB (Buyuk Britaniya) va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Bu esa, o‘z navbatida, “O‘zbekinvest” kompaniyasining so‘nggi 3 yilda xalqaro sug‘urta bozorining faol va tan olingan nufuzli ishtirokchisiga aylanganidan dalolat beradi.

Kompaniya tomonidan korporativ segmentda 336 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ildi va 2020 yil yakuniga ko‘ra 157 foizga o‘sdi.

Jismoniy shaxslarning sug‘urta segmentida esa 50 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta mukofotlari yig‘ildi, 723 mingdan ortiq shartnoma tuzildi. Bunda kompaniyaning 14 ta filial va 209 ta sug‘urta bo‘limidan iborat rivojlangan hududiy tarmog‘i muhim rol o‘ynadi.  

2021 yil 22 may kuni O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan uchinchi “Makon Marketing Forum” biznes-forumida “O‘zbekinvest” kompaniyasi “Yil brendi” nominatsiyasi hamda “O‘zbekiston sug‘urta bozori yetakchisi" nomli maxsus nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

5 yil davomida keng jamoatchilik va biznes vakillari o‘rtasida sug‘urta mahsulotlarini targ‘ib qilish va kompaniya nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan faol ishlar mijozlar bazasini 5 barobarga ko‘paytirib, ularning sonini qariyb 1 millionga  yetkazish imkonini berdi.

2021 yilda 89 milliard so‘m miqdorida sug‘urta tovonlari to‘lanishi ta’minlandi, bu 2020 yildagi to‘lovlarga nisbatan 19 milliard so‘mga ko‘pdir.

Shu jumladan, milliy eksportchilarga to‘langan sug‘urta tovonlari 25 milliard so‘mni tashkil etdi.

“COVID-19” pandemiyasining faol bosqichida kompaniya o‘z mijozlariga 19 milliard so‘m sug‘urta to‘lovlari to‘lab berdi, bu esa pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi davrida ushbu kasallikdan jabrlanganlarga sezilarli ijtimoiy yordam bo‘ldi.

Kompaniyaning ishonchliligi va moliyaviy barqarorligi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan 2021 yilda  yana bir bor tasdiqlandi. Masalan, 2021 yil fevral oyida kompaniya A.M. Best Company (AQSh) tomonidan “Barqaror” prognozi bilan «bb» xalqaro kredit reytingini oldi, shu o‘rinda kompaniya eng yuqori reyting sohibiga aylandi va bu 2022 yil mart oyida yana bir bor tasdiqlandi. "O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasi ushbu agentlikning xalqaro reytingi bilan baholangan respublikadagi birinchi va yagona tashkilot bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, 2021 yil iyul oyida “Moody’s Investors Service Ltd.” tashkiloti kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini «Barqaror” prognozi bilan “Ba3” darajasida tasdiqladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida” o‘z faoliyatining eng muhim ustuvorliklari va yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Kompaniya respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashni hamda tovar, ish va xizmatlarning milliy eksportyorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

“Mahallabay” tizimi doirasida respublikaning mahalla va posyolkalari, qishloq va shahar aholisining keng qatlamlarini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar ko‘lamini tubdan kengaytiradi.

Joriy yilda kompaniya oldidagi eng muhim vazifalardan biri – elektron polislarga ommaviy o‘tishni ta’minlash va aholiga sug‘urta xizmatlarini onlayn sotishni kengaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning «Face ID» biometrik axborot tizimini joriy etish, sug‘urta da’volarini onlayn tarzda taqdim etishning interaktiv tizimini ishlab chiqish, Internetda, milliy veb-resurslarda va global qidiruv tizimlarida kompaniyaning marketing targ‘ibotini kengaytirishdan iboratdir.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid