Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari ob-havo issiq bo‘ladi
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo harorati 20-24 darajagacha, ba’zi joylarda 25-28 darajagacha ko‘tariladi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.
Qayd etilishicha, respublika hududining katta qismida shu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel, shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kun ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
11:03 / 19.06.2026