Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin xorij samolyotlari uchun to‘lovni rublda amalga oshirish ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi
Rossiya kompaniyalari lizing uchun to‘lovni Rossiya banklarida ochilgan hisobraqamlari orqali to‘laydi.
Rossiya aviakompaniyalari “do‘st bo‘lmagan” mamlakatlar kompaniyalarining samolyotlarini xarid qilish, ijaraga va lizingga olish uchun to‘lovlarni rublda amalga oshirishi mumkin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu borada tegishli farmonni imzoladi.
Hujjat shuningdek, “do‘st bo‘lmagan” mamlakatlar kompaniyalari bilan yordamchi kuchlanish qurilmalari va aviatsiya dvigatellarini sotib olish, ijaraga yoki lizingga olish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga ham taalluqli.
Rossiya kompaniyalari lizing uchun to‘lovni Rossiya banklarida ochilgan hisobraqamlari orqali to‘laydi.
Rublda o‘tkazilgan mablag‘ “Rossiya markaziy banki tomonidan e’lon qilingan kurs bo‘yicha hisoblangan miqdorga teng xorij valutasida” haqdorning hisobraqamiga tushadi.
Avvalroq Bermud orollari fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Rossiya samolyotlarining parvozga yaroqlilik sertifikatlarini to‘xtatib qo‘ygandi. Yevroittifoq va AQSh Rossiya samolyotlari uchun o‘z havo hududlarini yopib qo‘ygan.
Bundan tashqari, Bryussel lizing kompaniyalariga Rossiya aviatashuvchilari bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish majburiyatini yukladi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026