Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2 aprel kuni ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Toshkentda 2 aprel kuni motomavsum ochilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2 aprel kuni 19-motomavsum ochilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan motosayyohlarning tantanali yurishi paytida poytaxtdagi bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi.
Ushbu ko‘chalar:
- "Novza" metrosidan Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor va Alisher Navoiy shohko‘chalari kesishmasigacha;
- Alisher Navoiy va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
- Alisher Navoiy shohko‘chasi va Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan shu ko‘cha bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasidan shu ko‘cha bo‘ylab Bunyodkor metro bekatigacha.
Bundan oldin Toshkentda tarovih namozlari o‘qilishi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026