Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini chetlab o‘tishga harakat qilmasligi aytildi
Van Lutunning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiya bilan savdoni davom ettirmoqda, shu bois sanksiyalar «Xitoyning Moskva bilan savdo aloqalariga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim».
Xitoy G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun maxsus harakatlarni amalga oshirmaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining Yevropa departamenti direktori Van Lutun ma’lum qildi.
«Biz AQSh va G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun hech bir ish qilmaymiz», - dedi u.
Van Lutun «Xitoyning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligiga putur yetmasligi kerak»ligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiya bilan savdoni davom ettirmoqda, shu bois sanksiyalar «Xitoyning Moskva bilan savdo aloqalariga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim».
Diplomat, shuningdek, Xitoyning Rossiyaga ta’siriga ortiqcha baho bermaslikni so‘radi. Van Lutunning aytishicha, Pekin Moskvadan harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘rasa, Moskva unga quloq soladi deb o‘ylash kerak emas.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026