Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda prezidentga suiqasd tayyorlagan josus qo‘lga olingani xabar qilindi
25 mart kuni Nur-Sulton shahrida maxsus xizmat xodimlari mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan «xorijiy razvedka agenti»ni qo‘lga olgan. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) xabar bermoqda.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi qo‘lga olingan shaxsni «agent «A» deb atamoqda. U Qozog‘iston fuqarosi ekani tasdiqlangan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentga suiqasd uyushtirishdan tashqari, u maxsus va huquq-tartibot organlar xodimlariga qarshi teraktlar uyushtirib, ayrim yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd qilishni rejalashtirgan.
Shuningdek, qo‘lga olingan shaxs Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqot ishlarini olib borish vazifalarini ishlab chiqqani qayd etilgan.
Tintuv chog‘ida undan snayper miltig‘i, giyohvand moddalar va katta miqdordagi pul musodara qilingan.
Qayd etilishicha, hibsga olingan shaxs «xorijiy davlatning ko‘rsatmasi va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan» qo‘mita sanab o‘tgan qilmishlariga iqror bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 255-moddasi, 4-qismi (terrorizm akti) va 24-moddasi, 1-qismi (jinoyat va suiqasdga tayyorgarlik) bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:07
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
22:20 / 22.05.2026
Qozog‘istonda taniqli bloger ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
21:18 / 19.05.2026