Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:49 / 05.04.2022
3370
3 daqiqa o‘qiladi
Mehnatga layoqatli aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
Foto: mahalladosh.uz
Prezidentning “Mahallalarda aholi bandligini oshirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 apreldan mehnatga layoqatli aholini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilinadi, unga ko‘ra mahallalarda barcha toifadagi band aholi:
- yuridik shaxslarda band bo‘lganlar – “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobi hamda davlat statistika hisobotlarida;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar va ularning yollanma ishchilari, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lganlar – Davlat soliq qo‘mitasining axborot bazasida;
- hunarmandlar – “Hunarmand” uyushmasining axborot bazasida;
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarida band bo‘lganlar va kasb-hunarga o‘qiyotganlar – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida;
- xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish uchun ketgan shaxslar – Tashqi mehnat migratsiya agentligining “Labour migration” axborot tizimida hamda Ichki ishlar vazirligining axborot bazasida;
- shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar – Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining axborot tizimida;
- yer ajratish hisobiga band bo‘lganlar – Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining axborot bazasida;
- ishlab chiqarish kooperativlarida hamda kasanachilik (uy mehnati) bilan band bo‘lganlar – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot bazasida;
- uy sharoitida pilla yetishtirish, ipak mato, qo‘lda ipak gilam to‘qish bilan shug‘ullanuvchi hamda tomorqasida tut mevasi, tut niholi va ko‘chati yetishtiruvchi shaxslar – “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi axborot bazasida;
- bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar, tadbirkorlik sub’yektlariga yordam beruvchi oila a’zolari hamda oilaviy korxonalarda band bo‘lganlar – mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari va mehnat inspektorlarining jamoatchi yordamchilari hamda davlat soliq organlari tomonidan;
- ishsiz fuqarolar – tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ro‘yxatga olinadi va hisobi yuritiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
18:21 / 23.01.2026