Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV vakili Yevropa Kaliningrad masalasida «o‘t bilan o‘ynashmasligi»ga umid bildirdi
Avvalroq Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis mamlakat Rossiya va Belarus bilan chegaralarini yopishi mumkinligini aytgandi.
Rossiya Yevropa mamlakatlari chegaralarni yopish orqali Kaliningrad oblastini qamal qilish masalasida o‘t bilan o‘ynashmasligiga umid qiladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko.
«Yevropadagi sog‘lom fikr Kaliningrad atrofida qandaydir o‘yinlar o‘ynashga yo‘l qo‘ymasligiga umid qilaman. Bu o‘t bilan o‘ynashish bo‘lishini ko‘pchilik tushunadi deb o‘ylayman», — dedi u.
4 aprel kuni Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis mamlakat Rossiya va Belarus bilan chegaralarini yopishi mumkinligini aytgandi. Bu amalga oshadigan bo‘lsa, Kaliningrad aholisi janubiy chegaralar orqali oblastdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Keyinroq Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks Boltiq mamlakatlari Rossiya bilan chegaralarini yopishi kerakligini aytdi.
Kaliningrad oblasti — Rossiyaning eng g‘arbiy regioni. U geografik jihatdan mamlakatdan tashqarida bo‘lib, Boltiqbo‘yida anklav sifatida joylashgan. Oblast janubdan Polsha, shimol va sharqdan Litva bilan chegaradosh.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026