Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda - Senat
2022 yilning 5 aprel kuni Senatda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Qayd etilishicha, o‘tgan yili 2020 yilga nisbatan javobgarlikka tortilgan shaxslar va sud organlariga yuborilgan ishlar o‘rtacha 3 baravar oshgan. Har yili korrupsiya jinoyatlari natijasida davlatga yetkazilgan moddiy zarar undirilmoqda.
“Sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda”, deyiladi Senat ma’lumotida.
Majlis ishtirokchilari qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishga ham e’tibor qaratdi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalariga ko‘ra, davlat xaridlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi 25 ta normativ-huquqiy hujjatda 87 ta korrupsiya omili mavjud.
Majlis yakunida milliy kengashning tegishli qarori qabul qilindi va 2022-2023 yillarda sog‘liqni saqlash, qurilish, oliy ta’lim hamda davlat xaridlari tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yangi “yo‘l xaritalari” tasdiqlandi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026