Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Rossiya ko‘miri importini taqiqladi
O‘tgan yili Yaponiya ko‘mir importining 11 foizga yaqini Rossiya ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Yaponiya hukumati Rossiya ko‘miri yetkazib berilishiga embargo joriy etdi.
"Biz Rossiya ko‘miri importini taqiqlaymiz", - dedi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida.
Kisida Tokio Rossiya importiga qaramlikdan qutulish uchun boshqa yetkazib beruvchilarni izlashini aytdi.
2021 yilda Yaponiya ko‘mir importining 11 foizga yaqini Rossiya ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, Yaponiya Rossiyaning boshqa mahsulotlari, jumladan, mashinasozlik va spirtli mahsulotlari importini ham taqiqladi.
O‘z navbatida, mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Rossiyaning sakkiz nafar diplomati Yaponiyadan chiqarib yuborilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026