Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Aliyev va Pashinyan bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Foto: RIA Novosti
Xabar qilinishicha, Putin Pashinyan bilan muloqoti davomida ikki tomonlama munosabatlar hamda Armaniston bosh vazirining Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan.
"Shuningdek, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik kelishuvini ishlab chiqish mavzusi tilga olindi", - deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotida Ozarboyjon-Armaniston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish hamda tinchlik kelishuvini tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni bo‘yicha fikr almashgan.
Putinning ikki davlat rahbarlari bilan muloqot davomida Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyanning 6 aprel kuni Bryusselda o‘tkazgan muzokaralari natijalari ham ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
10:40
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
10:26
Odessaga hujum: bir kishi halok bo‘ldi, gaz quvuri shikastlandi
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026